Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonda haj va umra yagona portali ishga tushadi

O‘zbekistonda haj va umra yagona portali ishga tushadi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va Raqamli texnologiyalar vazirligi 2025 yil 1 sentyabrgacha “Haj va umra yagona portali” hamda uning mobil ilovasini ishlab chiqadi. Bu prezidentning “Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilandi.

Hujjatda qayd etilishicha, bu orqali fuqarolarning ibodatlar va diniy rasm-rusumlarni amalga oshirishi uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish, haj va umra ziyoratlariga borishi bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatish jarayonida ortiqcha byurokratik tartibotlarni bartaraf etish maqsad qilingan.

Portal hajga boruvchi fuqarolarning yagona elektron navbati hamda umraga yuboriladigan ziyoratchilarning elektron ro‘yxati shakllantiriladigan tizim hisoblanadi. Portalda haj va umra faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish va rasmiylashtirish bilan bog‘liq jarayonlar raqamlashtiriladi.

Vazirlik va idoralar Din ishlari bo‘yicha qo‘mita so‘roviga ko‘ra o‘zining axborot tizimlari portalga integrasiya qilinishini ta’minlaydi. Qo‘mita portal faoliyatini moliyalashtirishga, texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlashga, aloqador davlat va nodavlat tashkilotlar uchun foydalanish imkoniyatini yaratishga mas’ul davlat organi hisoblanadi.

Qo‘mita, shuningdek, umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish lisenziyasiga ega yuridik shaxslar hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasining portaldan foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi.

Kiritildi: 09:39 22.04.2025. O'qildi: 945 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!