Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonda "Gazprom neft" brendi ostida yangi "zapravka"lar ochiladi

A A A
O‘zbekistonda "Gazprom neft" brendi ostida yangi "zapravka"lar ochiladi

O‘zbekistonda "Gazprom neft" brendi ostida yangi "zapravka"lar ochiladi.

Bu haqda kompaniya rahbari Aleksandr Dyukov Rossiya energetika haftaligi doirasida ma’lum qildi.

"Kompaniya O‘zbekistonda neft va neft mahsulotlari, shu jumladan, benzin, dizel yoqilg‘isi, moylash materiallari va bitum yetkazib berish bilan shug‘ullanmoqda. Hozirda yana bir qator loyihalarni amalga oshirish muhokama qilinmoqda" — dedi Dyukov.

Shuningdek, Dyukov "Gazprom neft" o‘zining raqamli yechimlaridan foydalangan holda O‘zbekistonda Burg‘ilashni boshqarish markazini ochishga yordam berganini eslatib o‘tdi.

Kiritildi: 17:01 27.09.2024. O'qildi: 2062 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!