2025 yil 1 yanvardan boshlab «O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori» ko‘krak nishoni egalari jamoat transportidan bepul foydalanishlari va davlat sanatoriylarida navbat kutmasdan davolanishlari mumkin bo‘ladi.
Sog‘liqni saqlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda shunday qaror qabul qilindi, deya xabar beradi matbuot xizmati.
Shuningdek, donorlar uchun bir martalik pul mukofotini - 5 tadan 15 ta asosiy hisoblangan qiymatga oshirishga qaror qilindi. Ya’ni, yangi yildan boshlab bunday fuqarolarga 5,625 million so‘m (440 dollar) to‘lanadi.
Bundan tashqari, yig‘ilishda shifoxonalar uchun dori-darmonlarni o‘n besh oylik talabdan kelib chiqib xarid qilish va keyingi yillar uchun ehtiyojlarni 1 avgustga qadar davlat budjeti parametrlari bilan bir vaqtda shakllantirish taklif etildi.