Bugun 27 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonda e’lonlar saytida tulki bolasi sotuvga qo‘yildi

A A A
O‘zbekistonda e’lonlar saytida tulki bolasi sotuvga qo‘yildi

O‘zbekistonning ommabop e’lonlar sayti Olx.uz’da tulki bolasi sotuvga qo‘yildi. Sotuvchi uning narxini 250 dollar deya baholagan.

“Qo‘lga o‘rgatilgan, 2 oylik tulki sotiladi. Tovuq boshlari, oyoqlari va boshqa a’zolarini yeydi. Go‘shtli bulyonda kasha ham qilib berish mumkin. Sotaman yoki jangovar kuchukka almashaman”, degan e’lon egasi.

E’longa qiziqib, ko‘rsatilgan raqam bilan bog‘landik. Go‘shakni ko‘targan bolakay 12 yoshda ekan (etika nuqtayi nazaridan ismi va manzilini sir saqladik):

O‘zbekistonda e’lonlar saytida tulki bolasi sotuvga qo‘yildi

– Tulkichani menga akam sovg‘a qilgan. O‘zi hayvonlarga juda qiziqadi, akamga qo‘lga o‘rgatishga yordam qilganim uchun tulkichani berdi. Men ham qushlarga, yovvoyi hayvonlarga juda qiziqaman. Tulkini sotib olsangiz, o‘zim zarur narsalari bilan beraman, qanday boqishni o‘rgataman. Tishlamaydi, bemalol uyda boqsa bo‘ladi. Keling, sotib oling, – dedi u biz bilan suhbatda.

“Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun 4-moddasida hayvonot dunyosiga nisbatan mulkchilik nazarda tutilgan. Unda:

“Hayvonot dunyosi umummilliy boylik bo‘lib, undan oqilona foydalanish lozim va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Tabiiy erkinlik holatida yashayotgan, shuningdek tabiiy yashash muhitiga chiqarib yuborilgan yovvoyi hayvonlar davlat mulkidir. Yarim erkin sharoitda, sun’iy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanayotgan va (yoki) yetishtirilgan yovvoyi hayvonlar yuridik yoki jismoniy shaxsning mulki bo‘lishi mumkin”, deyilgan.

Kiritildi: 13:46 08.05.2021. O'qildi: 3646 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!