Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda elektr energiyasidan qarzdorligi eng katta viloyatlar reytingi tuzildi. Peshqadam...

O‘zbekistonda elektr energiyasidan qarzdorligi eng katta viloyatlar reytingi tuzildi. Peshqadam...

Samarqand viloyati - elektr energiyasidan qarzdorlik bo‘yicha respublikada yetakchi, deb ma’lum qilindi bugun "Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ni joriy etish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida.

Ta’kidlanishicha, Samarqand viloyatining elektr energiyasidan qarzdorligi 646 milliard so‘mni tashkil qilmoqda. Shundan 553 millard so‘mi bu aholi qarzdorligi.

Shuningdek, 2- va uchinchi o‘rinlarda  Navoiy (qarz summasi 410 milliard) va  Andijon viloyati (qarz 273 milliard so‘mni tashkil etmoqda, shundan 247 millardi aholining qarzdorligi) kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda O‘zbekistonda "Hududiy elektr tarmoqlar" AJ tomonidan raqamlashtirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri - "Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ni joriy etish ishlari izchillik bilan olib borilmoqda.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ va "KT Corporation" kompaniyasi o‘rtasida elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish markazini tashqil etish bo‘yicha 2019 yilda bitim imzolangan.

Markaz Koreya, Xitoy, Singapur va AQSh kabi davlatlarning yetakchi kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan server uskunalar bilan jihozlangan.

Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish markazi ishga tushirilishidan asosiy maqsad - respublika miqyosida elektr energiyasi iste’molchilarining soatlik, sutkalik, oylik va yillik balanslarini shakllantirish, ko‘p tariflik tizimida hisob-kitoblarni amalga oshirish, ya’ni qarzdorlarni avtomatik ravishda ta’minotdan o‘chirish va foydalanilgan elektr energiyasi uchun to‘lov amalga oshirilganidan so‘ng qayta ulash belgilangan.

O‘zbekiston bo‘ylab 7,4 milliondan ortiq iste’molchilarning barchasi elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanishi rejalashtirilgan.

Ayni kungacha Jamiyatning o‘z mablag‘lari hamda qator xalqaro tashkilotlar investisiyalari hisobidan 4,6 milliondan ortiq zamonaviy hisoblagich o‘rnatib bo‘lingan.

Kiritildi: 16:21 24.11.2020. O'qildi: 9838 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!