Bugun 30 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonda chiqindidan qarzdorlar elektr energiyasidan uzilmaydi

O‘zbekistonda chiqindidan qarzdorlar elektr energiyasidan uzilmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda 1 noyabrdan chiqindidan qarzi borlar elektrdan to‘liq uzilishi haqida xabarlar tarqaldi. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bu mutlaqo asossiz ekanligini ma’lum qildi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tomonidan chiqindi tashish va olib ketish xizmatida foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida yangi “Toza Makon-billing” dasturiy kompleksi ishga tushirilishi munosabati bilan 2024 yil 31 oktyabr soat 23:50 dan 5 noyabr soat 23:50 gacha profilaktik ishlar olib borilishini ma’lum qilgan.

Shuningdek, agentlik tomonidan mazkur vaqt oralig‘ida chiqindi xizmati uchun barcha turdagi to‘lovlarni amalga oshirishda hamda shaxsiy hisob raqamdagi mavjud ma’lumotlarni olish, abonent to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zgartirish, qo‘shish va o‘chirishda vaqtinchalik texnik uzilishlar bo‘lishini haqida xabar bergan.

“Mazkur xabar ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri talqin qilinishi natijasida ko‘pgina manbalarda chiqindi xizmatidan qarzi bor fuqarolar elektr energiyasidan ham uzilishi haqida ma’lumotlar tarqalmoqda”, deyiladi munosabatda.

Qayd etilishicha, ayni paytda “Hududiy elektr tarmoqlari” tomonidan prezidentning “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga asosan iste’molchining chiqindi bo‘yicha qarzdorlik bo’yicha ogohlantirilgandan keyin to‘lov qilmagan shaxslarning elektr uchun to‘lovlarini qabul qilishni vaqtinchalik cheklash amaliyoti joriy etilishi amaliyoti bo‘yicha texnik ishlar olib borilmoqda.

“Shu o‘rinda chiqindidan qarzdor iste’molchilar elektr energiyasidan uzilishi haqidagi xabarlar mutlaqo asossiz ekanligini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.

Kiritildi: Bugun 09:22. O'qildi: 459 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!