Bugun 12 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonda bozor xizmatlari hajmi qanchani tashkil etdi?

O‘zbekistonda bozor xizmatlari hajmi qanchani tashkil etdi?

O‘zbekistonda bozor xizmatlari hajmi 290,3 trln so‘mni tashkil etgan.

Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025 yilning yanvar-aprel oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 290,3 trln so‘mga yetgan.

Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davri bilan solishtirilganda 57,4 trln so‘mga yoki 12,6 % ga oshgan.

Ma’lumot uchun: 2024 yil yanvar-aprel oylarida xizmatlar hajmi 232,8 trln so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 112,9 % ni tashkil etgan.

2025 yilning yanvar-aprel oylarida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 7,7 mln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,4 % ga oshgan.

2025 yilning tahlil qilinayotgan davrida kichik tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 158,3 trln so‘mni yoki bozor xizmatlari umumiy hajmining 54,5 % ini tashkil etdi.

Kiritildi: 15:46 27.05.2025. O'qildi: 626 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!