Senat ma’qullagan qonunga ko‘ra, ota-onalar farzandiga familiya sifatida otasining ismini berishi mumkin bo‘ladi.
Masalan, otasining ismi Anvar bo‘lsa, bolaning familiyasi Anvar bo‘lishi mumkin.
Amaldagi tartibda bolaning familiyasi ota yoki onaning familiyasi asosida belgilanadi. Milliy an’anaga ko‘ra, bobosining ismini familiya sifatida berish ham mumkin.
Senatorlarga ko‘ra, o‘zgartirish fuqarolarga farzandiga familiya tanlashda milliy va diniy an’analarni hisobga olish uchun qo‘shimcha imkoniyat beradi.