Bugungi kunda O‘zbekistonda turli mavzularda ijod qiladigan blogerlar, telegram kanallar juda ko‘paygan. Aksariyat blogerlar kundalik yangiliklarni o‘z fikr va qarashlari bilan “boyitgan holda”, yoritib boradi.
“Qo‘shni mahalla” telegram kanali 4-17 oktyabr kunlari O‘zbekistonda eng ko‘p o‘qilgan blogerlar reytingi tuzgan. Reytingga o‘zbekistonning eng ommaviy 22ta blogeri kirgan.
Birinchi o‘rinda – abituriyentlar uchun kerakli ma’lumotlarni birinchi bo‘lib tarqatuvchi, prezident bilan selfi tushgan, huquqshunos bloger - Xushnudbek. Uning kanaliga 169 mingdan ortiq kishi a’zo bo‘lgan.
Ikkinchi o‘rinda o‘zini “hazilkash bloger” deb e’lon qilgan Troll.uz – 51 ming kishi. Uchinchi o‘rinda chizma karikaturalar chop etuvchi hajviy bloger Rais buva – 48 ming obunachi.
Reytingdan o‘rin olgan barcha blogerlar ro‘yxati bilan batafsil quyida tanishishingiz mumkin.