Bugun 24 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonda birinchi “Startup Garage” tashabbusi yo‘lga qo‘yildi

A A A
O‘zbekistonda birinchi “Startup Garage” tashabbusi yo‘lga qo‘yildi

Tashabbusning asosiy g‘oyasi – yangi startap loyihalarini rivojlantirish va har bir loyihada kamida 10 kishidan ish o‘rinlarini yaratishdir. Shuningdek, Startup Garage yiliga 20 dan ortiq startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlashni reja qilgan. Bu tashabbus orqali O‘zbekistonning texnologik va iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shish ustuvor maqsad qilib qo‘yilgan.

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, AloqaBank, AloqaVentures va Mohirdev tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, bugungi kunda amalga oshirildi (https://t.me/aloqapress/889).

Startup Garage’da qatnashishning afzalliklari: loyihalar zarur resurslar va tajribali murabbiylar bilan ta’minlanadi, startaplar uchun sarmoya jalb qilish imkoniyatlari yaratiladi, yirik moliyaviy institutlar va boshqa tadbirkorlar bilan aloqalar o‘rnatish imkoniyati mavjud, shuningdek loyihalarga marketing va reklama bo‘yicha yordam ko‘rsatiladi.

Kiritildi: 18:53 21.07.2024. O'qildi: 899 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!