Bugun 29 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonda birinchi yer osti chiqindi tashlash majmuasi tashkil etildi

O‘zbekistonda birinchi yer osti chiqindi tashlash majmuasi tashkil etildi

Majmua Samarqandda tashkil etilgan bo‘lib, u respublikadagi ilk yer osti chiqindi saqlash majmuasi hisoblanadi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi xabar berdi.

Mazkur 2 ta yarim yer osti chiqindi saqlovchi maxsus qutilar majmuasi Samarqand shahri Qorasuv massivi “Obod maskan” MFYda ishga tushirilgan. U aholidan to‘planadigan maishiy chiqindilarning atrofga sochilib ketishi va issiq kunlarda turli noxush hidlar tarqalishining oldini olib, shu tariqa fuqarolarga qulay shart-sharoit yaratishi aytilmoqda.

Majmua 2 metr chuqurlikda joylashtirilgan bo‘lib, ularning har biriga 2 tadan jami 4 ta maxsus konteyner o‘rnatilgan. Konteynerlarning sig‘imi 3 metr kub (550 litr)ni tashkil etadi va 1000−1500 nafar aholiga xizmat qila oladi. Kelgusida hududda yana 5 ta shunday yer osti majmuasini qurish rejalashtirilgan.
Agentlik bu kabi chora-tadbirlar respublika bo‘yicha davom ettirilishini ma’lum qilgan.

Samarqandda joriy yil iyul oyidan buyon chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi zavodi qurilmoqda, mazkur loyihaga 150 mln dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiya jalb qilingan edi. Zavod kuniga 1500 tonna chiqindini termik qayta ishlashi va yiliga 240 mln kVt elektr energiyasi ishlab chiqarishi kutilyapti. Bu kabi loyihalar va aholiga qulaylik tug‘diruvchi yer osti majmualari butun respublika bo‘ylab start olishi o‘zimiz va tashrif buyuruvchi turistlar uchun ham yaxshi yangilik bo‘ladi.

Kiritildi: 12:34 26.09.2025. O'qildi: 680 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!