Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov BMT Bosh Assambleyasida bir qator bayonotlar berdi:
◾️ Rossiyaning NATO va Yevropa Ittifoqiga hujum qilish niyati yo‘q. Rossiya hech qachon o‘zining dronlari yoki raketalarini NATO yoki Yevropa Ittifoqi davlatlariga yo‘naltirmaydi;
◾️ Shimoliy Atlantika alyansi faqat Rossiya va Xitoyga tahdid solmayapti, balki butun Yevroosiyani harbiy iskanjaga olishga urinyapti;
◾️ Agar NATO davlatlari Rossiya havo hududida “uchuvchi ob’ektlarni” urib tushirishga harakat qilsa, ular bundan qattiq pushaymon qiladi;
◾️ Ukraina hududlarni qaytara olmaydi, Rossiya hatto 2022 yilgi chegaralarga ham qaytishni istamaydi. Menimcha, Ukraina 2022 yilgi chegaralariga qaytishiga hech kim umid qilmayapti, chunki bu chegaralarga qaytishni kutish siyosiy no‘noqlik va real vaziyatni to‘liq anglamaslik hisoblanadi;
◾️ Moskva G‘arbga bir necha bor xavfsizlik bo‘yicha huquqiy majburiyatlarni kelishib olishni taklif qilgan, ammo bu taklifga javob olmagan;
◾️ Yevropada antirossiya shiorlari ostida nasizm va qurollanish kuchaymoqda. Yevropada Rossiyaga qarshi urush tayyorlayotganlar bor;
◾️ Rossiya va Hindistonning savdo hamkorligi sanksiyalar sababli xavf ostida emas, Hindiston o‘z sheriklarini o‘zi tanlaydi;
◾️ Rossiya AQShning Strategik qurollar bo‘yicha cheklovlarni yana bir yil davom ettirish taklifiga ilk javobini ko‘rdi;
◾️ Tramp Ukrainadagi mojaroni hal qilish uchun astoydil harakat qilmoqda;
◾️ Sovet Ittifoqi, AQSh va Buyuk Britaniya rahbarlari BMTni tashkil etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazayotgan paytda Stalin tashkilot shtab-kvartirasini Sochiga joylashtirishga faol da’vat qilgan. Shahar bunga hozir ham tayyor;
◾️ G‘arb Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvlarni uzaytirishni rad etdi, bu esa ularning Tehronni yon berishga majburlash istagini ochiq ko‘rsatdi;
◾️ Iordan daryosining G‘arbiy sohilini anneksiya qilish uchun hech qanday asos yo‘q. Bu Falastinni tan olish bo‘yicha BMT qarorini unutishga qaratilgan harakat hisoblanadi;
◾️ Rossiya Braziliya va Hindistonning BMT Xavfsizlik Kengashiga doimiy a’zo sifatida kiritilishini qo‘llab-quvvatlaydi.