Bugun 29 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Rossiyaliklar uyg‘onib, haqiqiy vaziyatni qabul qilishlari kerak

Rossiyaliklar uyg‘onib, haqiqiy vaziyatni qabul qilishlari kerak

"So‘nggi haftalarda rossiyaliklar ukrainaliklar bilan ikki tomonlama, shuningdek, prezident Tramp yoki boshqa amerikalik rasmiylar ishtirokidagi uch tomonlama uchrashuvlarni rad etishdi", — dedi AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens.

Vise-prezidentning so‘zlariga ko‘ra, rossiyaliklar ko‘p insonlarni o‘ldiryapti va o‘zlari ham katta yo‘qotishlarga uchrayapti, lekin ular buni oqlaydigan hech qanday sababga ega emas.

"Ko‘plab odamlar o‘lyapti, lekin bunga arzigulik natija yo‘q. Ular yana qancha aakarlarini yo‘qotishga tayyor? Juda oz yutuqlar uchun yana qancha odamni o‘ldirishmoqchi?" — dedi Vens Fox News telekanali efirida.

"Bizning pozisiyamiz shunday, biz tinchlik yo‘lida harakat qilishda davom etamiz va umid qilamizki, rossiyaliklar uyg‘onib, haqiqatni tan oladi", — deya qo‘shimcha qildi siyosatchi.

Kiritildi: 21:15 28.09.2025. O'qildi: 910 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!