Bugun 12 may, 2026 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonda bir oylik harbiy xizmat to‘lovi miqdori oshirildi

A A A
O‘zbekistonda bir oylik harbiy xizmat to‘lovi miqdori oshirildi

Respublikada joriy yilning 1 dekabr kunidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori oshirilib, oyiga 1 mln 50 ming so‘m etib belgilandi. Bu o‘zgarish safarbarlik chaqiruv rezervining (1 oylik harbiy xizmat) to‘lov badali miqdoriga ham ta’sir qiladi.

Safarbarlik chaqiruv rezervi to‘lov badali bevosita mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 7 barobariga teng. Ya’ni 1 dekabrdan bir oylik harbiy xizmat uchun to‘lov miqdori 6 mln 860 ming so‘mdan 7 mln 350 ming so‘mga oshirildi.

Hukumat qaroriga muvofiq, safarbarlik chaqiruv rezervi safiga olingan shaxslar tomonidan pul badallari xizmatga olingandan keyin tomonlarning kelishuvi asosida, 1 yil mobaynida biryo‘la yoki bosqichma-bosqich (bo‘lib to‘lash orqali) amalga oshirilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olingan shaxslar tomonidan to‘langan pul badallari summasi Mudofaa vazirligining “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablag‘lari” maxsus hisobraqamida jamlanadi. Mablag‘lar muddatli harbiy xizmatchilarga nafaqa pulini to‘lash, vazirlikning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilari ta’minotiga yo‘naltiriladi.

Fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga 27 yoshga to‘lgunga qadar olinadi. Ular safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tash davrida oylik harbiy yig‘inlarni o‘tashga jalb etilishi, favqulodda vaziyatlar yoki O‘zbekistonga qarshi harbiy tajovuz ro‘y bergan taqdirda haqiqiy harbiy xizmatga chaqirilishlari mumkin.

Kiritildi: 21:15 25.12.2023. O'qildi: 14020 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!