O‘zbekistonga o‘tgan 8 oyda qariyb 2,6 million dona mobil telefon import qilingan. Bu haqda Statistika agentligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Agentligining 2024 yil yanvar—sentyabr oylarida o‘tkazilgan uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, O‘zbekistonda 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan mobil telefonlar soni o‘rtacha 365 tani tashkil etgan. Ko‘rinadiki, har bir oilaga 3,5 tadan telefon to‘g‘ri kelmoqda.
Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yillarda quyidagicha bo‘lgan:
O‘zbekistonga joriy yilning so‘nggi 8 oyida qiymati 236 million 200 ming dollarga teng bo‘lgan qariyb 2,6 million dona mobil telefon import qilingan.
Import hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 318 ming 579 taga oshgan.
Eng ko‘p import qilgan davlatlar: