Ulardan foydalanish atrof-muhitning ifloslanish darajasini sezilarli darajada kamaytiradi, dedi Tabiiy resurslar vazirligi.
“Dunyoda har soniyada 160 ming dona poliyetilen paket ishlatiladi, ular yiliga 4 trillion qopga aylanadi. Bundan tashqari, har yili okeanlarga 4 milliondan 6 milliongacha plastik chiqindilar tashlanadi. Xorijiy mamlakatlarda bu muammoning oldini olish maqsadida an’anaviy poliyetilen paketlar o‘rnini bosuvchi biologik parchalanadigan poliyetilen paketlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, – deydi polimerlar bo‘yicha texnologik muhandis Abduforux Hidoyatov.
Tabiiy resurslar vazirligi ushbu usulni respublikada joriy etish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu organik polimerlardan – kraxmal, polilaktik kislota, tsellyuloza, lignindan qop va boshqa plastmassa buyumlar ishlab chiqarish imkonini beradi.
Departament plastik qoplar 400-700 yil ichida parchalanishini eslatdi. O‘zbekistonda ularni qayta ishlash bo‘yicha 101 ta korxona mavjud.