Bugun 27 iyun, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda aybsizlik prezumpsiyasi bo‘yicha huquqiy kafolatlar yanada kuchaytirildi

O‘zbekistonda aybsizlik prezumpsiyasi bo‘yicha huquqiy kafolatlar yanada kuchaytirildi

Yangi qonunga ko‘ra, barcha shubhalar gumon qilinuvchi foydasiga hal qilinishi shart. Shaxs o‘z aybsizligini isbotlashi shart emas.

Prezident tomonidan 2025 yil 9 iyun kuni imzolangan O‘RQ-1067-sonli qonunga muvofiq, ayrim qonun hujjatlariga fuqarolar huquq va erkinliklarini kafolatlash hamda sudlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu o‘zgarishlar Konstitusiyaning yangi tahririda belgilangan tamoyillarga muvofiqlashtirish maqsadini ko‘zlaydi.

Jinoyat-prosessual kodeksiga kiritilgan asosiy o‘zgarishlardan biri — aybdorlikka oid barcha shubhalarni gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki mahkumning foydasiga hal etish talabining mustahkamlanishidir. Shu bilan birga, qonun qo‘llanilayotganda yuzaga keladigan huquqiy noaniqliklar ham ayblanuvchi foydasiga talqin qilinishi kerak.

Qonunga ko‘ra, gumon qilinuvchi shaxs o‘zining aybsizligini isbotlashi shart emas. U har qanday paytda sukut saqlash huquqidan foydalanishga haqli hisoblanadi.

Shuningdek, agar shaxsning aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u holda bu fakt uni aybdor deb topish yoki jazoga tortish uchun yetarli asos bo‘la olmaydi.

Ushbu me’yorlar inson huquqlarini ustuvor deb bilgan Konstitusiya tamoyillarini amaliyotda ta’minlash va sud-huquq tizimida adolatni mustahkamlashga qaratilgan.

Kiritildi: 19:36 12.06.2025. O'qildi: 749 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!