Bugun 28 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

AQShnikidan ham tez: Putin Kim Chen Inga harbiy kema qurishga yordam bermoqda

AQShnikidan ham tez: Putin Kim Chen Inga harbiy kema qurishga yordam bermoqda

Rossiya KXDRga zamonaviy harbiy kemalar qurishda yordam bermoqda, biroq ularning suza olishi hali noma’lum.

Shimoliy Koreya Rossiyaning ko‘magida yangi esmineslarni rekord darajada tezlikda qurmoqda. “Chxve Xyon” sinfidagi birinchi kema atigi 400 kun ichida tayyorlangan. Bu hatto Xitoy yoki AQShdan ham tezroq.

Biroq mutaxassislar aniqlashicha, bu kemalar hali to‘liq qurib bitkazilmagan: ularda dvigatel yo‘q, ventilyasiya ishlamaydi va ular faqat bukser yordamida harakatlana oladi.

Kema dizayni Rossiyaning “Grigorovich” sinfidagi fregatlariga juda o‘xshaydi, bu esa Moskva tomonidan texnik yordam berilganini ko‘rsatadi.

Harbiy jihatdan hali tayyor bo‘lmasa-da, bu kemalar yadroviy raketalar hamda boshqa raketalarni uchirish platformasi sifatida ishlatilishi mumkin.

Kiritildi: 21:20 26.06.2025. O'qildi: 1369 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!