Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonda alkogolli mahsulotlar narxi yana oshdi

A A A
O‘zbekistonda alkogolli mahsulotlar narxi yana oshdi

O‘zbekiston Moliya vazirligining qaroriga asosan 20 martidan boshlab aroq, konyak, vino va boshqa alkogolli mahsulotlarning minimal narxi oshdi.

Hujjatga muvofiq, spirtli ichimliklarning quyidagi narxlari belgilandi:

Vinoning 1 litr tayyor mahsuloti uchun:

ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi – 11 200 so‘m (ilgari 9 400 so‘m);

eng kam chakana narx – 13 200 so‘m (ilgari 11 200 so‘m).

Konyakning 1 litr tayyor mahsuloti uchun:

Ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi – 41 200 so‘m (ilgari 33 000 so‘m);

eng kam chakana narx – 49 400 so‘m (ilgari 39 000 so‘m).

Aroq va boshqa alkogolli mahsulotlarning 1 litr tayyor mahsuloti uchun:

Ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi – 28 600 so‘m (ilgari 24 000 so‘m);

eng kam chakana narx – 34 400 so‘m (ilgari 28 500 so‘m).

Kiritildi: 16:10 24.03.2021. O'qildi: 3426 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!