O‘zbekistonda aliment miqdorini oshirish taklif etildi.
Senatning 26 iyun kuni bo‘lib o‘tgan majlisida aliment to‘lovlari tizimidagi muammolar muhokama qilindi. Hozirda har bir bola uchun aliment eng kam miqdori – 306 ming so‘m bo‘lib, bu 2025 yilgi minimal iste’mol xarajatlari (669 ming so‘m)dan ikki baravar kam.
Senator Orzigul Mo‘ydinova aliment miqdorini bolaning yoshi va ehtiyojlarini inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidladi.