Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonda aholiga ommaviy pul tarqatish samara bermaydi. Nega?

O‘zbekistonda aholiga ommaviy pul tarqatish samara bermaydi. Nega?

O‘zbekiston sharoitida majburiy to‘lovlar va “vertolyot pullari” uslubini qo‘llash maqsadga muvofiq emas. Nima uchun? Buni quyidagi misollar orqali tushuntirish mumkin.

– AQShda daromadi 75 ming dollar bo‘lgan har bir fuqaroga 1,2 ming dollar, oiladagi har bir bolaga esa 500 dollardan to‘lanadi. Ushbu miqdor yalpi milliy daromadning mamlakatning aholisi jon boshiga 1,8 foizini tashkil qiladi. Agarda ushbu hisoblash O‘zbekistonda qo‘llanadigan bo‘lsa, to‘lov miqdori har bir ishlovchi fuqaroga 383 ming so‘mni va farzandlar uchun 100 ming so‘mni tashkil qilgan bo‘lardi. Respublika miqyosida bu shubhasiz, mablag‘ning sochilishiga olib keladi. Bunday sharoitda “vertolyot pullari”ni tarqatishning asosiy maqsadi bo‘lgan talabni rag‘batlantirish xususida gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas.

– O‘zbekiston sharoitida Gonkong variantini tasavvur qilib ko‘ramiz. Gonkongda 18 yoshdan oshgan barcha fuqarolarga 1,2 ming dollar to‘lanmoqda – bu taxminan 7 mln. odam. Aholiga to‘lanayotgan mablag‘ 9 mlrd. dollarni yoki mamlakat YAMMning 2,5 foizini tashkil qiladi. Agarda mamlakatimizda 18 yoshdan oshgan barcha fuqarolarga (bu deyarli 23 mln. kishi) 1 ming dollardan beriladigan bo‘lsa, jami to‘lov miqdori 23 mlrd. dollarni tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkich, o‘z navbatida, mamlakat YAMMning 38 foizini va oltin-valyuta zahirasining 77 foizini (hozirda jami zahira miqdori 30 mlrd. doll.ga teng) tashkil qiladi.

– Inflyasiya darajasi va byudjet taqchilligini oshirish ehtimolini vujudga keltiradigan “vertolyot pullari”dan farqli nafaqat haqiqiy ehtiyojmand kishilarga yordam, balki ularning iqtisodiy faolligini rag‘batlantiruvchi model mavjud. Bunda aholining kam ta’minlangan qatlamiga manzilli yordam tashkil qilinadi, iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlovchi va odamlarni ish va daromad bilan ta’minlashga qaratilgan zahira imkoniyatlari qo‘llanadi. Bu kelgusida shubhasiz, bir martalik pul to‘lovlariga qaraganda katta iqtisodiy samara beradi.

O‘z vaqtida ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida O‘zbekiston pandemiyaning negativ ta’sirlari oqibatida iqtisodiyotida pasayish kuzatilmayotgan, balki iqtisodiy o‘sish sur’atlari 1,5 foizgacha kamayadigan kamsonli mamlakatlar sirasiga kiradi. Bu raqam boshqa ko‘plab mamlakatlardan ancha yuqori ko‘rsatkichdir.

Davlat mamlakatimiz va butun dunyoda nostabil epidemiologik davrda iqtisodiyotga, avvalo kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari ko‘radigan zararni minimallashtirish maqsadida ongli ravishda iqtisodiy va moliyaviy harajatlarni o‘z bo‘yniga oldi. Iqtisodiyot tarmoqlariga 2,3 trln. so‘m miqdorda soliq imtiyozlari berdi va Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan ularni qo‘llab-quvvatlash uchun 3,6 trln.so‘m ajratdi.

Kiritildi: 17:34 12.07.2020. O'qildi: 5876 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!