Bugun 25 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonda 600 ta texnikum tashkil etiladi

O‘zbekistonda 600 ta texnikum tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev professional ta’lim va milliy malaka tizimlarini isloh qilishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Kasb-hunar ta’limini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Hozirgi kunda professional ta’lim tizimi uch turdagi muassasalar: 333 ta kasb-hunar maktabi, 227 ta texnikum va 112 ta kollejdan iborat. Mazkur 3 turdagi muassasalar negizida texnikumlar tarmog‘ini rivojlantirish taklif etilmoqda. Unga ko‘ra, 600 ta texnikum tashkil etiladi. Maqbullashtirish natijasida bo‘shaydigan 71 ta muassasa binosi maktablarga aylantirilib, 42 mingta yangi o‘quvchi o‘rni yaratiladi.

Endi kollejlarda boshqaruv, tashkiliy va metodik jihatdan yagona davlat siyosati Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi tomonidan yuritiladi. Dastlab, tajriba tariqasida, 14 ta texnikumda Angliyaning “BTEC” dasturi joriy etiladi. Bitiruvchilarga 70 ta davlatda tan olinadigan diplom beriladi hamda 200 dan ortiq xorijiy universitetlarga kirish imkoni yaratiladi. Natijaga qarab, bu tajriba bosqichma-bosqich boshqa texnikumlarga ham tatbiq etilishi mumkin.

Qabul jarayonini ish beruvchilar talabi asosida shakllantirish maqsadda elektron platforma yaratilib, unga barcha vazirlik va tarmoqlar ulanadi.

Texnikumlarning ta’lim dasturlari sanoat tarmoqlari, tadbirkorlar birlashmalari, yirik ish beruvchilar va uyushmalar bilan kelishilganidan so‘ng amaliyotga kiritiladi.

Shuningdek, taqdimotda Milliy malaka tizimini isloh qilish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Endi Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish respublika kengashiga Bosh vazir raislik qiladi. Uning tarkibida 24 ta yangi tarmoq kengashlari tuziladi.

Ta’lim sohasidagi loyihalar ofisi huzurida Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Institut rivojlangan davlatlar tajribasi asosida Milliy malaka ramkasini yangi tahrirda qabul qiladi.

Lavozim va kasblar klassifikatori qayta ko‘rib chiqiladi, 100 ga yaqin zamonaviy kasblar kiritilib, hozir amaliyotda bo‘lmaganlari chiqarib tashlanadi.

Kiritildi: 22:04 24.09.2024. O'qildi: 385 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!