Bugun 24 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Manba: "Oltin to‘p"ni kim olishi ma’lum

Manba: "Oltin to‘p"ni kim olishi ma’lum

Vinisius Junior "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritadi.

Marca xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi 28 oktyabr kuni Parijdagi "Shatle" teatrida bo‘lib o‘tadigan tantanali marosimda 2023/24 yilgi mavsumda dunyoning eng yaxshi futbolchisi uchun France Football mukofotini olishini allaqachon bilgan.

O‘tgan mavsumda Vinisius "Real" bilan La Liga, Chempionlar Ligasi va Ispaniya Superkubogida g‘olib chiqdi. 49 ta o‘yinda u 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi, 26 ta gol urdi, jumladan, Chempionlar ligasi finalida va 3 tasi Superkubok finalida "Barselona"ga qarshi o‘yinda.

Nike kompaniyasi Vinisiusga "Oltin to‘p" topshirilganidan ikki kun o‘tib Madridning asosiy ko‘chasi Gran Viada do‘kon ochadi. Braziliya terma jamoasi futbolchisi uchun oltin butsalar tayyorlab bo‘lingan.

Kiritildi: Bugun 09:34. O'qildi: 1138 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!