"G‘alaba rejasidan maqsad Ukrainani kuchaytirishdir. Shuning uchun ittifoqchilardan bizni qo‘llab-quvvatlashlarini so‘raymiz, bu juda muhim", — dedi Vladimir Zelenskiy Amerikaning ABC News telekanaliga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina kutilganidan ham tezroq vaqtda tinchlikka erisha oladi, biroq Rossiya prezidentini faqat "kuchli pozisiya bilan" urushni tugatishga majbur qilish mumkin.