Bugun 23 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev : "Endi qurilish noqonuniy hisoblanadi, agar..."

Shavkat Mirziyoyev : "Endi qurilish noqonuniy hisoblanadi, agar..."

O‘tgan yili 1 ming 600 ta ob’ekt qurilishi ro‘yxatdan o‘tkazilmasdan boshlangan bo‘lsa, yil boshidan 2 ming 200 taga yetgan.

Bundan tashqari, qurilish ob’ektlari toifasiga qarab oyiga kamida 2-4 marta nazoratdan o‘tkazilishi zarur. Lekin 8 oy ichida 1 ming 150 ta ob’ektga inspektor bir marta borgan.

Oqibatda joylarda pala-partish qurilish ko‘payib, aholi e’tiroziga sabab bo‘layapti.

Qurilish vazirligi, Qurilish sohasidagi nazorat inspeksiyasi, Bosh prokuraturaga qurilishda byurokratik to‘siqlar va korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarini kuchaytirish topshirildi.

Qurilish inspeksiyasining hududiy boshqarmalarida quruvchi-operatorlar shtabi tashkil qilinishi belgilandi.

Nazorat inspektorlari bodikamera bilan ta’minlanadi.

Davlat hisobidan qurilayotgan har bir ob’ektga toifasiga qarab kamida 2 tadan videokamera o‘rnatiladi. Ular operatorlar shtabiga ma’lumotlarni onlayn yuboradi.

Shuningdek, noqonuniy qurilishlar bo‘yicha mahalla raislari va jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi.

Endilikda har bir qurilayotgan ob’ekt oldida QR kodli pasporti chiqarib qo‘yiladi, istalgan odam bu orqali hududda qanday ob’ekt qurilayotgani, qachon ruxsat olingani, kim qurishi, qachon ishga tushishi kabi ma’lumotlar olishi mumkin bo‘ladi.

Agar QR kodli pasport bo‘lmasa, qurilish noqonuniy hisoblanadi.

Kiritildi: Bugun 18:07. O'qildi: 2710 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!