Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonda 2022 yili tabiiy va texnogen ofatlar tufayli qancha odam vafot etgani ma’lum qilindi

A A A
O‘zbekistonda 2022 yili tabiiy va texnogen ofatlar tufayli qancha odam vafot etgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 2022 yilda sodir bo‘lgan tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlar oqibatida 287 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda FVV akademiyasida o‘tgan ilmiy-amaliy anjumanda ma’lum qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yilda sodir bo‘lgan tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlar 131 tani tashkil etgan. Oqibatda 287 kishi halok bo‘lgan, 297 kishi esa jabrlangan.

Sodir bo‘lgan 55 ta tabiiy xususiyatdagi falokatda 127 kishi halok bo‘lgan. 88 nafar fuqaro jarohat olgan. Texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning asosiy qismini yong‘inlar tashkil etgan. Ular 10 ming 260 tani tashkil etib, 7 ming 587 tasi (umumiy yong‘inlarning 73,9 foizi) aholi yashash sektoriga to‘g‘ri keladi.

Ta’kidlanishicha, yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar 107 nafar, jarohat olganlar 177 nafarga teng. Yong‘inlar kamayib borish tendensiyasiga ega bo‘lsa-da, moddiy zarar miqdori ortib borgan.

Kiritildi: 13:48 29.09.2023. O'qildi: 1254 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!