Bugun 21 may, 2024 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonda 18 yoshga to‘lmaganlar bilan jinsiy aloqa qilganlar qanday jazolanadi?

O‘zbekistonda 18 yoshga to‘lmaganlar bilan jinsiy aloqa qilganlar qanday jazolanadi?

“O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-prosessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun qabul qilingan. Qonun bilan 18 yoshga to‘lmaganlar bilan jinsiy aloqa qilish uchun jinoiy javobgarlik o‘rnatilgan. Bu haqda "human.uz" yozmoqda.

Unga ko‘ra, Jinoyat kodeksiga o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxsning o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligini aybdor bilgan holatda uni moddiy manfaatdor etish orqali u bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish uchun javobgarlik belgilaydigan modda qo‘shiladi.

Bunday xatti-harakatlarni amalga oshirgan shaxslar uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlariga mahkum qilinadi. Shuningdek, ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Kiritildi: 12:09 13.02.2021. O'qildi: 9095 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!