Prezidentning 23 sentyabrdagi PF–206-son farmoniga muvofiq, 1 oktyabrdan respublikada «Tozalik va ozodalik» dolzarb ikki oyligi o‘tkaziladi.
Shu davrda yashil hududlarni belgilash, yerlarni tayyorlash, ko‘chat va butalar zaxirasini yaratish ishlari amalga oshiriladi.
📅 Ko‘chat ekish mavsumi hududlarga qarab 1 noyabrdan 20 noyabrgacha bosqichma-bosqich boshlanadi.
2027 yil 1 yanvardan «Yashil mahalla» loyihasi doirasida «Mahallani yashillashtirish» paketi joriy etiladi.
Shuningdek, mahallalarga O‘rmon agentligi tomonidan o‘rmonchi-murabbiylar biriktiriladi. Ular «mahalla yettiligi» a’zolarini ko‘chat ekish mavsumi oldidan qisqa o‘quv kurslarida o‘qitadi.