Bugun 9 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston xalqaro zaxiralari tarixiy rekord yangiladi — 60 mlrd dollarga yaqinlashdi

O‘zbekiston xalqaro zaxiralari tarixiy rekord yangiladi — 60 mlrd dollarga yaqinlashdi

2025 yil 1 noyabr holatiga ko‘ra, mamlakatning rasmiy zaxira aktivlari 59,3 mlrd dollarga yetdi — bu tarixdagi eng yuqori ko‘rsatkich.

📈 Zaxiralar qiymati bir oyda 4,3 mlrd dollarga oshgan, shundan:
➖ valyuta qismi — 731 mln dollarga;
➖ oltin qismi — 3,6 mlrd dollarga, ya’ni 47,8 mlrd dollargacha ko‘paygan.

Oltin zaxirasining hajmi ham 11,6 mln troya unsiyadan 11,9 mln unsiyagacha oshdi.

Jahon bozoridagi oltin narxining 50% o‘sishi mamlakat zaxiralarining ko‘payishiga asosiy omil bo‘ldi.

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, zaxiralar tarkibidagi qimmatli qog‘ozlar qiymati ham 1 mlrd dollardan oshib ketgan. Oltin narxi 2025 yilda birinchi bor 1 unsiya uchun 4381 dollardan oshgan.

Bu natija O‘zbekiston uchun mustaqillik tarixidagi mutlaq rekord bo‘ldi.

Kiritildi: 17:50 08.11.2025. O'qildi: 791 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!