Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston xalqaro zaxiralari 41 139,1 mln. dollarga yetdi

O‘zbekiston xalqaro zaxiralari 41 139,1 mln. dollarga yetdi

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning sentyabr oyi yakunlari bo‘yicha xalqaro zaxiralarimiz 41 139,1 mln. dollarga yetgan.

Zaxiralarning valyuta qismi 518,3 mln. dollarga ko‘paygan va 8 709,6 mln. dollarni tashkil etgan.

Zaxiralardagi oltinning fizik hajmi biroz qisqargan va 12,02 mln. unsiyadan (-0,02) iborat bo‘lmoqda. Ishlab chiqarish hajmi inobatga olinsa, oy davomida 300-350 ming unsiya yoki 790-920 mln. dollarlik oltin sotilgan bo‘lishi mumkin. Oltinning keskin qimmatlashuvi hisobiga zaxiralardagi oltinning puldagi qiymati 1 463,2 mln. dollarga oshib, 31 860,3 mln. dollarga yetgan.

Shuni ham aytish joiz, zaxiralarimizning oshishi faqat oltinning qulay narxlari hisobiga ro‘y bermoqda. Masalan, yil boshidagi oltin narxlari inobatga olinsa (bu narxlargacha oltinning pasayishi ehtimolini soqit qilib bo‘lmaydi), zaxiralarimiz kamayishdan to‘xtagani yo‘q. Buning ustiga regulyator o‘z hisobotida zaxiralar ichida ko‘rsatilayotgan FRRU aktivlarini alohidalashtirmaslikda davom etmoqda. Oltin-valyuta zaxiralari tarkibida amalda fiskal funksiyalarni bajarayotgan FRRU tashqi aktivlarining dinamikasi realliklarni yanada aniqlashtirgan bo‘lardi.

Kiritildi: 10:48 08.10.2024. O'qildi: 934 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!