Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston xalq baxshisi Abdunazar Poyonov vafot etdi

O‘zbekiston xalq baxshisi Abdunazar Poyonov vafot etdi

Bugun, 16 may kuni O‘zbekiston xalq baxshisi, Sherobod dostonchiligi maktabi vakili Abdunazar Poyonov 73 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Abdunazar Poyonov 1949 yil Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida tug‘ilgan. 2003 yilda O‘zbekiston xalq baxshisi unvoni bilan taqdirlangan.

Dostonchilik an’analarini Mardonaqul baxshi, Umr baxshilardan o‘zlashtirgan.Abdunazar baxshi repertuaridan “Alpomish”, “Malika ayyor”, “Sherali” va boshqa dostonlar, do‘mbira kuylari hamda Vatanga muhabbat, sadoqat, xalq hayoti mavzularida o‘zi ijod qilgan termalar o‘rin olgan. Xalqaro va respublika baxshi-shoirlar tanlovlari g‘olibi bo‘lgan.

Kiritildi: 17:12 16.05.2022. O'qildi: 2422 marta. Fikrlar soni: 4 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!