Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston World Justice Project`ning qonun ustuvorligi bo‘yicha yillik reytingida 142 davlat orasida 78-o‘rinni egalladi

A A A
O‘zbekiston World Justice Project`ning qonun ustuvorligi bo‘yicha yillik reytingida 142 davlat orasida 78-o‘rinni egalladi

World Justice Project (WJP) xalqaro nohukumat tashkiloti tomonidan e’lon qilingan qonun ustuvorligining navbatdagi yillik reytingida O‘zbekiston 142 ta mamlakat orasida 78-o‘rinni egalladi. Mamlakat o‘tgan yilgi reytingda xuddi shu o‘rinni egallagan, ammo unda reytingda 140 ta davlat qamrab olingandi.

100 balldan 50 ball to‘plagan O‘zbekiston Shri-Lanka (77-o‘rin) va Hindiston (79-o‘rin) orasida joylashgan.

Reytingga kiritilgan MDH davlatlaridan eng yuqori o‘rinni Qozog‘iston (65-o‘rin), eng pastini esa Rossiya (113-o‘rin) egalladi. Qirg‘iziston 103-o‘rinda, Belarus esa 104-o‘ringa joylashdi.

Ro‘yxatning kuchli beshligidan Daniya, Norvegiya, Finlyandiya, Shvesiya va Germaniya joy olgan. Oxirgi o‘rinlarni Venesuela, Kambodja, Afg‘oniston, Gaiti va Kongo Demokratik Respublikasi egallagan.

WJP reytingi fuqarolar, huquqshunoslar va yuridik sohasidagi ekspertlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar asosida tuziladi. Qonun ustuvorligini o‘lchash uchun sakkizta omil qo‘llaniladi: davlat vakolatlarining cheklanishi, korrupsiya darajasi, hukumatning ochiqligi, fuqarolarning asosiy huquqlariga rioya qilish, tartib va xavfsizlik, huquqni muhofaza qilish, fuqarolik va jinoiy ishlari.

Kiritildi: 17:28 28.10.2023. O'qildi: 1855 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!