Bugun 12 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston va Turkiya muftiylari memorandum imzoladi

A A A
O‘zbekiston va Turkiya muftiylari memorandum imzoladi

25 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari bilan Turkiya diyonat ishlari boshqarmasi raisi, doktor Ali Erbosh janoblari ikki o‘lka musulmonlari o‘rtasidagi mushtarak tarixiy, madaniy va diniy aloqalarga tayanib, diniy sohadagi mavjud hamkorlikni yana-da mustahkamlash va rivojlantirish maqsadida anglashuv memorandumini imzoladilar.

Marosimda muftiylar O‘zbekiston va Turkiya davlat rahbarlarining sa’y-harakatlari, diniy-ma’rifiy sohaga qaratayotgan alohida e’tiborlari natijasida ko‘plab xayrli ishlar amalga oshirilayotgani, Turkiy xalqlar zaminidan yetishib chiqqan minglab olimlar, mutafakkirlar Islom dini rivojiga juda katta hissa qo‘shganlari, ikki davlat diniy idoralari o‘rtasida aloqalarni yana-da mustahkamlash har tomonlama zarurligi, bunda ikki davlat diniy idoralari o‘rtasida imzolangan mazkur memorandum muhim asos bo‘lib xizmat qilishiga katta urg‘u qaratdilar.

Kiritildi: 06:02 27.11.2023. O'qildi: 955 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!