Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari ikki tomonlama munosabatlar masalalarini muhokama qildilar

O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari ikki tomonlama munosabatlar masalalarini muhokama qildilar

Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan muzokara o‘tkazdi.

Davlat rahbarlari ikki mamlakat o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.

O‘zaro savdoni ko‘paytirish, mashinasozlik, energetika, elektrotexnika, to‘qimachilik va boshqa tarmoqlarda kooperasiya loyihalarini ilgari surish bo‘yicha, shu jumladan Hukumatlararo komissiya faoliyati doirasida muvofiqlashgan ishlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Hududlar o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalari va madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari bo‘lajak tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqdilar.

Kiritildi: 10:16 09.11.2023. O'qildi: 2670 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!