Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston va Qozog‘iston san’at oliygohlari o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

O‘zbekiston va Qozog‘iston san’at oliygohlari o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti Toshkent shahridagi filiali va Qozog‘istonning Temirbek Jurgenov nomidagi Qozog‘iston milliy san’at akademiyasi o‘rtasida strategik hamkorlik shartnomasi imzolandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Filial direktori Eldor Yo‘ldoshevning ma’lum qilishicha, Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduholiqovning Qozog‘istonning Olma-ota shahrida bo‘lib o‘tgan XVI “Evroosiyo” xalqaro kinofestivaliga tashrifi doirasida erishilgan ushbu kelishuv har ikki tomon uchun manfaatlidir.

“Mazkur hujjat asosida Markaziy Osiyodagi ijodiy oliy ta’lim muassasalari alyansini tuzish rejalashtirilmoqda. Shu orqali mintaqaviy hamkorlik va badiiy ta’lim tarmog‘ini rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Ta’kidlash kerakki, Temirbek Jurgenov nomidagi mazkur akademiya eng yaxshi ta’lim muassasasi sifatida Qozog‘iston Respublikasi prezidentining 2001 yil 5 iyuldagi farmoniga asosan “milliy oliygoh” statusiga ega”, – dedi Yo‘ldoshev.

Kiritildi: 11:27 26.03.2023. O'qildi: 988 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!