“O‘zatom” agentligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda atom elektr stansiyasi qurilishi va kelajakdagi faoliyatining texnik va ekologik jihatlari bo‘yicha axborot almashildi.
Tomonlar mintaqada tinchlikparvar yadro energiyasini xavfsiz va mas’uliyatli rivojlantirish manfaatlari yo‘lida muntazam ekspertlar muloqotini davom ettirish va hamkorlikni mustahkamlashga sodiq ekanliklarini tasdiqladilar.
Uchrashuv yakunida kelgusidagi hamkorlikning asosiy jihatlari, jumladan, yo‘l xaritasi va keyingi qadamlar kelishib olindi.