Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida logistika markazi ochiladi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida logistika markazi ochiladi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida “Bai-Talaa Global” savdo-logistika markazi 2023-yilning yozida ishga tushadi, deb yozadi “Economist.kg” .

Markaz to‘rt blokdan iborat bo‘ladi: ombor va ishlab chiqarish binolari, agrosanoat majmuasi, savdo punktlari va chorva mollarini o‘tkazish punkti.

Qirg‘iziston Respublikasining Jalolobod viloyatidan qurilish uchun 50 gektar yer maydoni ajratildi. Ta’kidlanishicha, markaz O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy jihatdan muvaffaqiyatli bo‘lgan uchta viloyati: Namangan, Andijon va Toshkent chegarasida joylashgan.

Qurilayotgan markaz O‘zbekiston va Qirg‘iziston eksport salohiyatini rivojlantirishga xizmat qilishi, shuningdek, Qirg‘iziston Respublikasi orqali MDH va Xitoyga transport yo‘lagi va yuk tranzitini ta’minlashi kutilmoqda.

Kiritildi: 16:05 17.03.2023. O'qildi: 1746 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!