Bugun 3 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston va Qirg‘iziston 2025–2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini imzoladi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston 2025–2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini imzoladi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini imzoladi.

Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari Baxtiyor Saidov ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.

"Qirg‘iziston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev bilan uchrashganimizdan xursandmiz. Biz strategik sheriklikni chuqurlashtirish, xususan, savdo-iqtisodiy aloqalar va chegara infratuzilmasi yo‘nalishlarida samarali va ochiq fikr almashdik. Shuningdek, mintaqaviy integrasiya va barqaror rivojlanish sohasidagi sa’y-harakatlarimizni muvofiqlashtirish muhimligini ham muhokama qildik", — dedi u.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Prezidentining Qirg‘izistonga Davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Qo‘shma harakatlar rejasi ham imzolandi.

Kiritildi: 06:56 31.07.2025. O'qildi: 737 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!