Bugun 16 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘zbekiston va Qatar yetakchilari telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston va Qatar yetakchilari telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 sentyabr kuni Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan telefon orqali muloqot qildi.

O‘zbekiston – Qatar strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Isroil tomonidan Qatar poytaxti Doha shahriga uyushtirilgan raketa zarbalarini keskin qoraladi.

Qatar mustaqilligi va suverenitetini buzadigan, uning xavfsizligiga tahdid soladigan bunday nomaqbul xatti-harakatlar BMT Nizomi, xalqaro huquqning asosiy qoida va tamoyillariga zid ekani qayd etildi.

O‘zbekiston xalqaro munosabatlarda kuch ishlatishning har qanday shakliga va Yaqin Sharqdagi vaziyatning yanada keskinlashishiga olib keladigan qadamlarga qarshi ekani ta’kidlandi.

O‘zbekiston prezidenti Qatar tashabbusi bilan chaqirilayotgan navbatdan tashqari arab-islom sammitining muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi.

Qatar amiri, o‘z navbatida, ko‘rsatilgan birdamlik va qo‘llab-quvvatlov uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.

Kiritildi: 21:54 12.09.2025. O'qildi: 783 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!