Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston va Qatar Buxoroda yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib oldi

A A A
O‘zbekiston va Qatar Buxoroda yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib oldi

Qatarning sobiq bosh vaziri, ushbu mamlakatdagi qator yirik investisiya va sanoat xoldinglari asoschisi Hamad bin Jassim Ol-Soniy boshchiligidagi delegasiya O‘zbekiston investisiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov hamrohligida Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi.

Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, tashrif dasturiga muvofiq, Buxoro shahridagi qishloq xo‘jaligi klasteri faoliyati bilan tanishildi.

Hamad bin Jassim Ol-Soniyga qishloq xo‘jaligi klasteri faoliyatini kengaytirish bo‘yicha rejalashtirilgan loyihalar, Buxoro viloyatining savdo-iqtisodiy imkoniyatlari taqdim etildi.

Taqdimotlar chog‘ida turli sohalarda hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Tayyor to‘qimachilik mahsulotlari, ishlab chiqarish va turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirishga kelishildi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 noyabr kuni Qatarning sobiq bosh vaziri Hamad bin Jassim Ol Soniyni qabul qildi. Uchrashuvda O‘zbekistonda istiqbolli investisiya loyihalarini, shu jumladan Buxoro shahrida zamonaviy mehmonxona majmuasini qurish masalalari ko‘rib chiqildi.

Kiritildi: 10:58 10.11.2023. O'qildi: 968 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!