Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekiston va Ozarbayjonning strategik sherikligi kengayadi

A A A
O‘zbekiston va Ozarbayjonning strategik sherikligi kengayadi

Ikki mamlakat o‘rtasida strategik sheriklik deklarasiyasi va yana 18 ta hujjat imzolandi.

O‘zbekiston-Ozarbayjon strategik sherikligini chuqurlashtirish to‘g‘risida deklarasiya imzolandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Ilhom Aliyev O‘zbekiston Respublikasi bilan Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasidagi strategik sheriklikni chuqurlashtirish va har tomonlama hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi deklarasiyani imzoladilar.

“Shuningdek, davlat rahbarlari huzurida ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari o‘rtasida 18 ta hujjat imzolandi”, deyiladi xabarda.

Hududlararo hamkorlik, sanoat, xalqaro avtomobil qatnovi, noqonuniy migrasiyaga qarshi kurashish, o‘simliklar karantini va himoyasi sohalaridagi hamkorlik, harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar hamda turizm sohasidagi hamkorlik dasturi shular jumlasidan.

Kiritildi: 09:17 22.06.2022. O'qildi: 1500 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!