Bugun 21 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston va Ozarbayjon ID-kartalarni o‘zaro tan olishni muhokama qildi

O‘zbekiston va Ozarbayjon ID-kartalarni o‘zaro tan olishni muhokama qildi

Mamlakatimiz elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston va Ozarbayjonning tegishli vazirlik va idoralari vakillari o‘rtasida ikki davlat fuqarolarining ID-kartalarini chegaradan o‘tish uchun rasmiy hujjat sifatida tan olish imkoniyati muhokamasiga bag‘ishlangan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“Dunyo“ AAning xabar berishicha, onlayn uchrashuvda tomonlar fuqarolar harakatini soddalashtirish, ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash va migrasiya siyosati sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan ushbu qadam muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etdi.

ID-kartalardan foydalanish O‘zbekiston va Ozarbayjon fuqarolariga chet el pasportini olmasdan turib chegarani kesib o‘tish imkonini beradi, bu esa sayohat qilish qulayligini oshiradi va mamlakatlar o‘rtasidagi integrasiyani mustahkamlaydi.

Shuningdek, mazkur qarorning qabul qilinishi O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy va sayyohlik aloqalarini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.

Kiritildi: 12:12 31.01.2025. O'qildi: 1114 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!