Bugun 28 fevral, 2025 yil, juma

КИР

Putinda umid paydo bo‘ldi

Putinda umid paydo bo‘ldi

AQShning yangi ma’muriyati bilan dastlabki aloqalar muayyan umidlar uyg‘otmoqda, deb bildirdi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.

Uning aytishicha, "AQShning hozirgi rahbariyati pragmatizm va voqelikka real yondashuvni namoyon etib, stereotiplar va messianlik mafkuraviy andozalaridan voz kechmoqda."

Putin, shuningdek, "bizning jangchilarimiz" "Ukraina inqirozini hal etish uchun sharoit yaratgan", deya ta’kidladi.

"Fuqarolarimizning suvereniteti, hayoti va erkinligini har qanday tahdidlardan qat’iy himoya qilishimiz muhim. Rossiya AQSh bilan muzokaralarni izdan chiqarishga urinishlarning oldini olish uchun diplomatiya va maxsus xizmatlarning barcha imkoniyatlaridan foydalanishi lozim," - deya qo‘shimcha qildi u.

Putin, shuningdek, "davlat chegarasini himoya qilish uchun jiddiy qo‘shimcha choralar ko‘rish"ni, "xavfli yo‘nalishlardagi chegaralarni qoplash zichligini" oshirishni topshirganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 20:24 27.02.2025. O'qildi: 1967 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!