Bugun 9 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston va Ozarbayjon "Ibrohim kelishuvlari"ga qo‘shilishi mumkin

O‘zbekiston va Ozarbayjon "Ibrohim kelishuvlari"ga qo‘shilishi mumkin

Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Tramp Oq uyda C5+1 formati doirasidagi besh davlat – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston rahbarlari bilan uchrashgan. AQSh rahbari uchrashuvda o‘sha yerda yerda bo‘lgan ayrim mamlakatlar tez orada Ibrohim kelishuvlariga qo‘shilishi mumkinligini aytib o‘tgan edi.

Bundan tashqari, Tramp anchadan beri ushbu kelishuvga Saudiyaning qo‘shilishini aytmoqda. Qozog‘istonning ushbu kelishuvga qo‘shilishi e’lon qilinganidan so‘ng, Ozarbayjon hamda O‘zbekiston ham kelgusida Ibrohim kelishuvlariga qo‘shilishi mumkin deb taxmin qilingan. Shuningdek, manba xabarida ushbu davlatlarning Isroil bilan yaqin aloqalarga ega ekanligi alohida ta’kidlangan.

Kiritildi: 22:12 08.11.2025. O'qildi: 1415 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!