Bugun 14 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston va Mo‘g‘ulistonning yetakchi "aql markazlari" ekspertlari ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish yo‘llarini muhokama qiladi

O‘zbekiston va Mo‘g‘ulistonning yetakchi "aql markazlari" ekspertlari ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish yo‘llarini muhokama qiladi

2025-yil 26-iyun kuni "O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston: o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi istiqbollari" mavzusida onlayn forum o‘tkaziladi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalaroro tadqiqotlar instituti hamda Mo‘g‘uliston Milliy xavfsizlik kengashi huzuridagi Strategik tadqiqotlar instituti tomonidan tashkil etilmoqda.
Forumda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mo‘g‘ulistonga ilk davlat tashrifi yakunlari sarhisob qilinadi.
Tadbirda ikki mamlakat diplomatik idoralari, yetakchi tahliliy va ilmiy-tadqiqot markazlari rahbarlari hamda ekspertlari ishtirok etadi.
Forum kun tartibidan siyosat, savdo-iqtisodiyot, sanoat kooperasiyasi, "yashil" energetika, raqamli transformasiya, transport va logistika sohalarida ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari bilan bog‘liq masalalar o‘rin olgan.
Ekspertlar muloqoti O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston strategik sherikligini rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shishi va o‘zaro manfaatli barcha yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada chuqurlashtirish uchun mustahkam zamin yaratishi kutilmoqda.

Kiritildi: 10:08 25.06.2025. O'qildi: 490 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!