Bugun 8 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston va Lyuksemburg o‘rtasida aviasiya sohasida hamkorlik o‘rnatildi

A A A
O‘zbekiston va Lyuksemburg o‘rtasida aviasiya sohasida hamkorlik o‘rnatildi

6 mart kuni Lyuksemburg Buyuk Gersogligining tashqi va Yevropa ishlari vaziri Jan Asselborn boshchiligidagi delegasiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligida ikki davlat aviasiya ma’muriyatlari o‘rtasida tuzilgan havo qatnovi to‘g‘risidagi protokolni imzolash jarayoni bo‘lib o‘tdi.

Shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi va Lyuksemburg Buyuk Gersogligi o‘rtasida aviasiya sohasidagi hamkorlik 2009 yili imzolangan memorandum bilan tartibga solib kelingan. Biroq shu bugungi kungacha O‘zbekiston va Lyuksemburg o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar amalga oshirilmas edi. 2018 yilning 20-21 sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo xalqaro transport yo‘laklari tizimida: strategik istiqbollar va foydalanilmagan imkoniyatlar xalqaro konferensiyasi davomida O‘zbekiston va Lyuksemburg aviasiya ma’muriyati o‘rtasida ushbu memorandumga o‘zgartirish kiritish borasida muzokaralar bo‘lib o‘tgan edi. Konferensiya doirasida tashkil etilgan uchrashuvda tomonlar avia yuk tashuvlari sohasida hamkorlik qilish va Navoiy xalqaro intermodal logistika markazi orqali tijoriy qatnovlarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama etishgan. Muzokaralar yakunida tomonlar mazkur Memorandumni diplomatik kanallar orqali imzolashga kelishishgan edi.

Ushbu yangi hujjat ikki tomon o‘rtasida yuk va yo‘lovchi tashish borasida doimiy va charter reyslarni amalga oshirish masalalarini huquqiy jihatdan tartibga soladi. Xususan, anglashuv memorandumida Lyuksemburgning Cargolux aviakompaniyasi tomonidan 2020 yildan e’tiboran Osiyo mamlakatlariga tranzit orqali tashish uchun Navoiy transport markazidan foydalanish rejalari o‘z aksini topgan.

Manba: xs.uz

Kiritildi: 22:00 06.03.2019. O'qildi: 1581 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!