Prezident Shavkat Mirziyoyevning Ostonada Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvda ishtirok etishi munosabati bilan Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekiston–Iordaniya savdo-investisiyaviy hamkorligiga oid muhim ma’lumotlarni e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 2017–2025 yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash 14 baravar oshib, 12 million dollarga yetgan. 2025 yilda eksport 5,6 million dollarni, import esa 6,4 million dollarni tashkil etgan.
2025 yil avgustda tomonlar 15 ta hujjat imzolagan. Ular investisiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish, Hukumatlararo qo‘shma komissiyani tashkil etish hamda tovarlar va transport vositalari harakati haqida dastlabki ma’lumot almashishni qamrab oladi.
Shuningdek, 2026 yil 1 iyuldan Amman – Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yilgan. Reyslar haftasiga ikki marta amalga oshirilmoqda.