Bugun 31 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi xalqaro ta’lim dasturlari

O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi xalqaro ta’lim dasturlari

Globalizasiya jarayonlari va xalqaro hamkorlikning kuchayishi bilan mamlakatlar o‘rtasidagi ta’lim aloqalari tobora takomillashib bormoqda. Bugungi kunda, ta’lim tizimi faqat mamlakat ichida emas, balki xalqaro miqyosda ham barqaror o‘sish va rivojlanishning muhim omiliga aylangan. Ta’limni rivojlantirish va zamonaviy talablarga javob beradigan bilimlarni taqdim etish, nafaqat mamlakat ichidagi barqarorlikni ta’minlash, balki xalqaro miqyosda yanada kuchliroq aloqalarni o‘rnatish imkonini yaratadi. Shu bois, ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan xalqaro hamkorlik dasturlari va almashuvlar mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik, iqtisodiy va madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi ta’lim hamkorligi, ikki davlat o‘rtasida bilim va tajriba almashish jarayonida muhim o‘rin tutadi. Shu nuqtai nazardan, bu hamkorlik nafaqat o‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasida bilim almashish imkoniyatini yaratadi, balki ilmiy-tadqiqot va yuridik sohalarda ham o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan.

Xalqaro hamkorlikning samarali bo‘lishi uchun mamlakatlar o‘rtasidagi ta’lim aloqalarining tizimli ravishda rivojlanishi zarur. O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlik, ayniqsa, huquqiy ta’limda o‘zining yuksak ahamiyatini namoyon etmoqda. 2023-yilning 23-24-iyun kunlari Gruziyaning Batumi shahrida o‘tkazilgan “Zamonaviy ommaviy huquq muammolari” Xalqaro ommaviy huquq jamiyatining birinchi har yillik konferensiyasida O‘zbekiston Adliya vazirligi va Toshkent davlat yuridik universiteti vakillari “Xususiy va ommaviy huquqning fanlararo muammolari” mavzusidagi muhokama sessiyasida ma’ruzachi sifatida ishtirok etgani fikrimizning yaqqol namunasidir. Buning natijasida, ta’lim sohasidagi ushbu hamkorlik, ikki mamlakatning yuridik tizimlarini yaxshilashga xizmat qildi. Shuningdek, bu jarayon ta’lim tizimini takomillashtirish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Har ikki mamlakatning ta’lim sohasida amalga oshirgan hamkorliklari, nafaqat ta’lim sifatini oshirish, balki o‘zaro aloqalarni mustahkamlash uchun yaxshi namunadir. Bu kabi ilmiy tadbirlar, ikki mamlakat o‘rtasidagi yuridik aloqalarni mustahkamlashda, shuningdek, huquqshunoslik sohasida o‘zaro tajriba almashishda muhim rol o‘ynaydi. Konferensiyada jinoyat, oila va soliq kodekslari kabi muhim fanlararo masalalar ko‘rib chiqilgan bo‘lib, bu jarayonlar ikki davlatning huquqiy tizimlarini yanada zamonaviylashtirishga yordam beradi.

Ta’lim sohasida amalga oshiriladigan xalqaro hamkorlikning eng katta afzalliklaridan biri madaniy va ilmiy tajriba almashinuvini ta’minlashdir. Shu ma’noda, O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi hamkorlik bu jarayonda o‘zgacha ahamiyat kasb etadi. Masalan, Gruziyada tashkil etilgan “Gruziya xattotligi” nomli 7-xalqaro yozgi maktabida ishtirok etish, nafaqat talabalar, balki ilmiy xodimlar uchun ham muhim tajriba bo‘ladi.

Bunday tadbirlar, o‘quvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish bilan birga, ularni xalqaro miqyosda tanitishga yordam beradi. Ushbu maktabda ishtirok etish uchun talabalar, magistrantlar va doktarantlar taklif qilinadi, va xalqaro aviachipta xarajatlari nomzodlar tomonidan, qolgan barcha xarajatlar esa xorijiy hamkor universitet tomonidan qoplanadi. Bu jarayon, talabalarga iqtisodiy jihatdan kamroq xarajat bilan xalqaro tajribaga ega bo‘lish imkoniyatini beradi.

Yozgi maktablar, nafaqat bilim almashish, balki turli madaniyatlar bilan tanishish va xalqaro miqyosdagi ilmiy va ijtimoiy aloqalarni kuchaytirish uchun yaxshi imkoniyatlar yaratadi. “Bir qo‘l bilan palov pishmaydi”, degan maqolni yodda tutgan holda, bunday dasturlar orqali ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy almashinuvlar va ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, ijtimoiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, bu tajriba almashinuvi ikki mamlakatning o‘zaro manfaatli hamkorligini yanada chuqurlashtiradi. Natijada, O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi ta’lim hamkorligi, talabalarga yangi imkoniyatlar va bilim manbalarini taqdim etish bilan birga, ularning global ta’lim maydonida raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.

Umuman olganda, bunday xalqaro hamkorliklar, o‘qituvchilar va talabalar uchun yangi ufqlarni ochadi, madaniy va ilmiy tajribalarni kengaytiradi. Shu bilan birga, bu jarayonlar ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga ham xizmat qiladi.

Shunday qilib, ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik, nafaqat iqtisodiy va ilmiy rivojlanishga, balki ikki xalqqa o‘zaro do‘stlik va hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Kelajakda bu jarayonlarning davom etishi, o‘zaro tajriba almashishni kengaytirish va yangi imkoniyatlar yaratishda muhim rol o‘ynaydi.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Xalqaro jurnalistika fakultetining

bosqich talabasi Ziyodullayeva Xumora Ilhom qizi.

Kiritildi: 13:44 19.03.2025. O'qildi: 513 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!