Texasdagi Alpha School maktabida barcha o‘qituvchilar SIga almashtirildi. Endi darslarni neyron tarmoqlar o‘tishmoqda va har bir o‘quvchiga maxsus yondashishmoqda.
Asosiy bilimlardan tashqari, bolalarga moliyaviy savodxonlik darslari va ijtimoiy ko‘nikmalar ham o‘rgatiladi. Jonli o‘qituvchilarni shunchaki kuratorlar sifatida olib qolishdi.
Alpha School maktabida bir yillik ta’lim 40 000 dollar turadi. Ushbu mablag‘ evaziga o‘quvchilarni imtihon natijalari bo‘yicha eng yuqori top 1% ga olib chiqishga va’da berishmoqda.