Bugun 24 may, 2025 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston va Eron tranzit yuk avtomobillari uchun bojlarni kamaytiradi

A A A
O‘zbekiston va Eron tranzit yuk avtomobillari uchun bojlarni kamaytiradi

O‘zbekiston va Eron tranzit yuk avtomobillari uchun bojlarni kamaytiradi.

Bu haqda Eron avtomobil yo‘llari vaziri o‘rinbosari Shaxriar Afandizade xabar qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqinda O‘zbekiston Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikkala tomon ham yo‘l yig‘imlarini imkon qadar tezroq kamaytirishga kelishib olishgan.

Undan tashqari, yaqin vaqt ichida O‘zbekiston transport vaziri Eronga tashrif buyuradi va u yerda temiryo‘l va avtomobil transport infratuzilmalarini ko‘zdan kechiradi.

Eronlik mulozim aytishiga ko‘ra, “Bu uchrashuv ikki davlatning transport sohasidagi hamkorligida yangi sahifa bo‘lishi mumkin”.

Kiritildi: 14:58 06.12.2023. O'qildi: 825 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!